X

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq — davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni daaom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroq toʻrtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:

  • Havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — lojuvard — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
  • Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
  • Yashil rang — cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni.serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
  • Bayroqdagi ikki qizil yoʻl — mavjud birlik va buzilmas doʻstlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon toʻkkanlariga ishora qiladi. Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
  • 12 yulduz — Oʻzbekiston tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
  • Yarim oy — yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi. Yarimoy — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.