X

Anjumanlar o‘quvchilarga nima beradi?


“ 2019-yilning 1-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining akademik litseyida “Ilmiy-adabiy izlanishlar sari qadam” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. ”

      Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Nodir Jonuzoq, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o‘ribosari Nurilla Chori, “Yoshlik” jurnali mas’ul kotibi Husan Maqsud, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o’qituvchilari Abdumurod Tilavov, Ilhom Saitqulov, Sabohat Bozorova, Mushtariy Xolmurodovalar ishtirok etdi. 

        Anjumanda so‘zga chiqqan Nodir Jonuzoq ijod olamining sir-sinoatlari, bu yo‘lning mashaqqatlari va ustoz ijodkorlar oldidagi mas’uliyat hamda bugungi kunda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida gapirdi. “Yoshlik” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Nurilla Chori esa o‘quvchilarning ijodiy ishlari saralanib, tahrir qilinib, jurnalda chop etilishiga imkoniyat yaratib berishini aytdi.

      So‘ngra akademik litsey direktori Bekjon Adizov ilmiy anjumanlar deyarli har oyda  o‘tkazilishi, akademik litsey o‘quvchilari ham kelajakda respublika va xalqaro doiradagi anjumanlarda qatnasha olishi, universitet hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan bunday tadbirlar o‘quvchilarni  yetuk inson bo‘lib shakllanishida alohida o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.

     Tadbir so‘nggida o‘zlarining she’r, hikoya, maqola va ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan o‘quvchilar Yozuvchilar uyushmasining sertifikat va maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

MUROTOY CHORIYEVA

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi