X

ISLOHOTLAR

ISLOHOTLAR

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘rganish, targ‘ib qilish va ilmiy tadqiq etish maqsadida tashkil etilgan.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimi rahnamoligida oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida universitetimiz jamoasi va talabalari o‘z mehnati,  bilimi, tashabbuskorligi bilan oldinga saflarda bormoqda.  Bizning talabalarimiz  o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha turli tanlov va olimpiadalarda g‘olib bo‘lish bilan birga boshqa sohalarda ham muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.  Biz milliy qadriyatlarimizga sadoqatli,  ijtimoiy-siyosiy bilimga ega,  chet tillarini mukammal o‘zlashtirgan,  milliy g‘oya, mafkura va ma‘naviyat sohasida barchadan ajralib turadigan vatanparvar yoshlarni tarbiyalashdek oliy maqsadimizga erishish yo‘lida bir tan-u bir jonmiz.