X

XALQARO ALOQALAR

XALQARO ALOQALAR

Xalqaro aloqalar bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib: ta‘lim, ilmiy-tadqiqot va ijtimoiy faoliyat sohasida xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

 

Vazifalar: universitetning ta'lim sifatini oshirish, qo'shma tadqiqotlarni amalga qo‘yish va universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shadigan xalqaro hamkorlik dasturlaridagi ishtirokini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

 

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining xalqaro aloqalar bo‘limining masuliyatlari:

  • Universitet ilmiy kengashi va rektori tomonidan belgilangan maqsadlariga muvofiq universitet xalqaro faoliyatini tashkil etish;
  • Universitet rektori, prorektorlar, fakultetlar dekanlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining xorijiy delegatsiyalar va vakillar bilan muzokaralarini tashkil etish;
  • Muzokaralarni tashkil etish, xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘yicha yangi shartnoma va bitimlar tuzish;
  • Akademik mobillikni rivojlantirish ta‘lim standartlarini yuqori saviyaga ko‘tarish shuningdek ta‘lim sifatini oshirishga, universitetni xalqaro hamkorlar darajasiga muvofiq xorijiy o‘qituvchilarni jalb etish;
  • Universitetning fakultet va kafedralarning xorijiy hamkorlar bilan xalqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda tashkilotchilik va hujjatlar bilan yordam;
  • O‘qish maqsadida universitetga xorijiy mamlakatlarga taklif, xorijiy fuqarolarning yashash vaqti va viza bilan qo‘llab-quvvatlash va nazorat qilish, amaliyot, tadqiqot, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlar va almashish dasturlarida ishtirok etish;
  • Universitet xalqaro aloqalarni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish, madaniy almashinuv va yoshlar orasida mobillik;
  • Universitetning xalqaro faoliyati natijalarini o‘z vaqtida hisobot qilish;
  • Universitet bo’limlari va xodimlariga doimiy konsultatsiya va boshqa yordam;