X

KONFERENSIYA

KONFERENSIYA


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti buyuk mutafakkir tavalludining 579 yilligi munosabati bilan 2020 yil 8 fevral kuni “ALISHER NAVOIY VA XXI ASR” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Ilmiy-nazariy anjumanga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqola va tezislar qabul qilinadi:

  1. Navoiy she’riyatini o‘rganish masalalari.
  2. Navoiyshunoslik muammolari.
  3. Alisher Navoiy adabiy merosi matnshunoslik nigohida.
  4. Alisher Navoiy “Xamsa”sida poetik shakl va mazmun uyg‘unligi.
  5. Alisher Navoiy nasri: janr, uslub va obraz.
  6. Alisher Navoiy adabiy merosining jahon tamaddunida tutgan o‘rni.
  7. Alisher Navoiy asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi va chet ellarda o‘rganilish  masalalari.
  8. Ta’lim tizimida Navoiy asarlarini o‘qitish muammolari.
  9. Alisher Navoiy ijodining tilshunoslikdagi ilmiy talqinlari.
  10. Alisher Navoiy adabiy merosining tarixiy poetika aspektida tadqiq etilishi.

 

Batafsil...


 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Sizlarni Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Turkiyaning Afyon-Kochatepe universiteti, Ushak universiteti hamda O‘zbekistondagi Turkiya elchixonasi bilan hamkorlikda 2019-yilning 29-oktyabr kuni O‘zbekistonning Toshkent shahrida “O‘zbek tili taraqqiyoti va turkologiya masalalari” (“Развитие узбекского языка и проблемы тюркологии”) mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etadi.

 

Batafsil...