Xorijdagi konferensiyalar
Xorijdagi konferensiyalar
Hurmatli hamkasblar!
Sizni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Osiyo va Afrika davlatlari instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (O‘zbekiston, Toshkent), Sharq davlat muzeyi (Rossiya, Moskva), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya, Sankt-Peterburg), Samarqand davlat chet tillari instituti (O‘zbekiston, Samarqand) hamkorligida tashkil etilgan “Zahiriddin Muhammad Boburning intellektual merosi va bugun” xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.
Anjuman 2020-yil 28-fevral kuni soat 11.00 da Moskva shahri Nikitskiy xiyoboni Sharq davlat muzeyida bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda Z.M.Boburning faoliyati turli yo‘nalishlarda: Boburning siyosiy, adabiy va falsafiy merosi, turkiy musulmon madaniyatining O‘rta va Janubiy Osiyo xalqlari ma’naviy qadriyatlari va dunyoqarashiga ta’siri masalalari muhokama qilinadi.
Anjuman doirasida XVI asrning noyob qo‘lyozmasi “Boburnoma”ning ko‘rgazmasi ham rejalashtirilgan. Tadbir ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi, unda Rossiya, O‘zbekiston, Hindistonning yetakchi olimlari va tadqiqotchilari, shuningdek, Moskvadagi diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.
Anjuman o‘tkazilishidan maqsad: gumanitar bilimlarning zamonaviy antroposentrik paradigmasi kontekstida tarixiy shaxsning siyosiy va intellektual faoliyatini tushunish va tavsiflashda turli yo‘nalishdagi yondashuvlarni rivojlantirish.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
1. Tarixiy meros: “O‘rta asrlarda Sharqda urush va tinchlik”. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning tarixiy rivojlanish xususiyatlari. Chingizxon va Temuriylar dunyosining sulolaviy urushlari sharoitida Bobur yurishlari. Hind Temuriylari sulolasi (Boburiylar)ning jahon tarixidagi o‘rni. Hindistonda Islom hukmronligi davrida ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. Mintaqada hukmronlik uchun Shayboniylar va Safaviylar kurashi. Bobur va uning zamondoshlari;
2. Boburning adabiy va ilmiy merosi. “Boburnoma”ning til xususiyatlari, tarjimalari, sharhlari hamda Yevropa va Rossiyada o‘qish tarixi. Boburning lirik va nasriy asarlari. Temuriylar davrida (XV va XVI asr boshlarida) ijodiy shaxs shakllanishining madaniy va falsafiy konteksti. O‘rta Osiyodagi turkiy adabiyot an’analari, ularning Bobur merosida aks etishi. Janubiy Osiyoda turkiy musulmon hukmronligi davri va uning hind sivilizatsiyasiga ta’siri;
3. Bobur ijodining yangi talqini (yoshlar sessiyasi). Talabalarning chiqishlari, she’rlar tanlovi.
Maqolalar 2020-yil 1-fevralga qadar babur.konf@gmail.com elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Anjuman jadvali:
11.00 -12.30 Anjumanning tantanali ochilishi va yalpi majlis
12.30-13.00 “Boburnoma” miniatyuralari ko‘rgazmasiga tashrif
13.00-14.00 Kofe-breyk
14.00-16.30 Bo‘limlarda ishlash
17.00-18.00 Anjumanni yakunlash, talabalarning ijodiy chiqishlari.
Anjuman koordinatori: D.V. Jigulskaya.
Murojaat uchun: e-mail: dvzhigulskaya@gmail.com; tel.: 89679783482
Anjuman to‘plamini chop etish rejalashtirilgan. Maqolalarni nashrga taqdim etishning oxirgi kuni: 31.03.2020.
Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablar:
Muallifning ismi sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, muassasaning to‘liq nomi, yashash shahri yuqori o‘ng burchagida kursiv bilan yoziladi, maqola nomi katta qalin harflar bilan va o‘rtada beriladi. Maqola matni MS WORD, Times New Roman shriftida, A4 formatda 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda 5-7 betdan kam bo‘lmagan hajmda bo‘lishi lozim.
Maqolada manbalarga havolalar kvadrat qavs ichida beriladi. Avval manba raqami ko‘rsatiladi va verguldan keyin sahifa raqami, masalan: [1, 105]. Adabiyotlar va manbalar maqola oxirida alifbo tartibida keltiriladi.
NAMUNA
I.I. Ivanov, filologiya fanlari doktori,
Moskva davlat universiteti professori,
Moskva shahri
BOBURNING MARKAZIY VA JANUBIY OSIYA IJTIMOIY-MADANIY ALOQALARINING RIVOJLANISH JARAYONIDAGI O‘RNI
Maqola matni
|
Adabiyotlar
1. S.Azimjanova. Beruniy va Bobur Hindiston haqida / Beruniy va gumanitar fanlar t., — Т., 1972.
© I.I. Ivanov, 2020