X
Ona tili va adabiyoti ta'limining taraqqiyoti haqida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘zbek tili va adabiyoti kafedralari faoliyati va o‘quv rejasi muhokamasi”ga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

koproq... yangiliklar
Nasimiy ijodi –muhabbat va do’stlik ramzi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida atoqli ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Sayyid Imomiddin Ali Nasimiy tavalludining 650 yilligiga bag’ishlangan ,,Nasimiy ijodi –muhabbat va do’stlik ramzi’’ mavzusida konfrensiya va yoshlar forumi o’tkazildi. Forumni universitet rektori, filologiya fanlari doktori, professor Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich ochib berdi.

koproq... yangiliklar
Talabalar uchun foydali davra suhbati

Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bino 308-xonasida "O'zbek tili va adabiyotini o'qitish " va "Ingliz-o'zbek tarjimasi" fakulteti talabalari uchun 1-dekabr "Xalqaro OITS ga qarshi kurashish" va 3-dekabr "Xalqaro nogironlar" kuni munosabati davra suhbati o‘tkazildi.

koproq... yangiliklar
O‘zbek modern she'riyati xususida

oybolta Hammamizga tanish bo‘lgan ushbu satr muallifi Faxriyor 30-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi. "VIQOR - O'TA" ijodiy jamoasi shoirni O‘zbek tili fakulteti binosining 315-kichik ma’ruzalar zalida kutib oldi. Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida ham o‘ziga xos yangilashlanishlar, jahon adabiyotiga hamqadam ilg‘orlik ko‘zga tashlanmoqda. Atoqli shoir Faxriyor o‘zbek adabiyotiga ana shunday novator ijodkorlarda

koproq... yangiliklar
Tabiat va yoshlar

Atrof-muhit muhofazasi har bir insonning burchi sanaladi. Bu borada yoshlarning vazifalari talaygina. Shuni inobatga olgan holda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 103-guruh talabalari "Atrof-muhit masalalari" mavzusida ochiq dars tashkil etdilar.

koproq... yangiliklar
"Nafis fazilat"ga ega qizlar

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Bugun talaba qizlarimiz uchun yana bir ajoyib tuhfa foydalanishga topshirildi. "Nafis fazilat" nomli pazandachilik va orastalik to‘garagi rasman ish boshladi. Endi talaba qizlarimiz darsdan bo‘sh paytlarini unumli va samarali o‘tkazishlari - hunar o‘rganishlari mumkin.

koproq... yangiliklar

Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

1930

Talabalar

153

O'qituvchilar

15400

ARM fondi

5

Fakultetlar

Hamkorlarimiz

Bugungi kunda universitetimiz oʻzbek tili va adabiyoti, xalqimizning juda katta yozma merosi, uning boy an`analari va urf-odatlari, madaniyatini ilmiy oʻrganishning xalqaro markaziga aylandi.

Sh.Sirojiddinov

Rector TSUULL